Demak, UEFA chempionlar ligasi final! “Milan” – “Liverpul”
{mosimage}“MYU” bilan bo’lib o’tishi lozim bo’lgan UEFA chempionlar ligasining yarim final uchrashuvining ikkinchi juftligida “Milan” Italiya futboling g’ururini so’ndirmaslik uchun ham, navbatadgi bosqichga chiqishi lozim edi.
Boisi ¼ final uchrashuvida “qizil iblislar”, Rimning “Roma” jamoasini yirik hisobda mag’lubiyatga uchratib, Italiya futboli obro’sini bir muncha tushishiga sabab bo’lgan edilar. Shuning uchun ham “Milan” qanday hisob bilan bo’lishidan qaramay, Fergyuson shogirdlarini mag’lubiyatga uchratib, finalda, “Liverpul”dan ikki yil muqaddamgi alamli mag’lubiyat o’chini olish talab etilgandi. “Milan”, “Kalcho” obro’sini “Old Tarfford”ning o’zidayoq to’g’irlab qo’yishi mumkin edi. Ammo 2:1 hisobida g’alabani Karlo Anchelotti shogirdlari ushlab qola bilmagan edilar. Bir kun avval finalga “Liverpul” yo’l olganini ko’rgan jamoa, 2004/05 mavsumdagi alamli mag’lubiyat o’chini oilsh oldidan, “Roma” uchun “MYU”dan qasos oldi.